Tojikiston Afğoniston bilan çegarasi orqali «Tolibon» harakati uçun qurol-yaroğ olib ötilgani haqidagi ma'lumotlarni rad etadi. Bu haqda Tojikiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy bayonotida aytilgan.
Afğonistondagi AQŞ kuçlari qömondoni general Jon Nikolson 23 mart kuni Bi-bi-si’ga bergan eksklyuziv intervyusida, «Tolibon» harakatiga Tojikiston çegarasi orqali qurol-yaroğ yetkazib berilgani borasida asossiz bayonot bergani çuqur afsusga sabab bölmoqda, deyiladi TIV xabarida.
«Tojikiston «Tolibon»ning qonuniyligini heç qaçon tan olmagan va, afğon mojarosini tezda tinç yöl bilan hal qilişni qöllab-quvvatlovçi mamlakat sifatida heç qaçon uçinçi davlatlarga tinçlik va xavfsizlik masalalarida davlatning fundamental yondaşuvlari va prinsipial pozitsiyasiga qarşi bölgan bunday harakatlarni amalga oşiriş uçun öz hududini taqdim etmagan», - deya ta'kidlanadi bayonotda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ qurolli kuçlari va NATOning Afğonistondagi qömondoni general Jon Nikolson Rossiya va Eron «Tolibon» harakatini qöllab-quvvatlayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Qömondonning ma'lum qilişiça, yuqorida nomi zikr etilgan ikki davlat jangarilarni öqitmoqda, şuningdek, ularga pullar va harbiy texnika taqdim etmoqda. Generalning taxminiça, Rossiya hamda Eron şu tariqa toliblarni IŞID guruhiga qarşi kuç sifatida körmoqda.
Rossiyada har ikki guruh taqiqlanganiga qaramay, Moskva bir neça bor toliblarni qöllab-quvvatlaşda ayblandi. RF TIV bu ayblovlarni rad etib kelmoqda, biroq şunday bayonotlar ham ğarbdagi siyosatçilar, ham NATO qömondonligi vakillari tomonidan berilmoqda.












