Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasi Sinsyan şahar okrugida joylaşgan Tapu stansiyasidan bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Markaziy Osiyoning beş davlati tomon birinçi tovar poyezdi yölga çiqdi, deb xabar bermoqda Sinxua.
Ma'lum bölişiça, Sinsyandan yölga çiqqan poyezd Tayyuan, Inçuan, Çjunvey, Uvey, Urumçi şaharlaridan ötib, Alaşankou nazorat-ötkaziş punkti orqali Qozoğiston bilan çegarani Döstlik nazorat-ötkaziş punktidan kesib ötadi va keyinçalik Turkmaniston, Qirğiziston, Tojikiston hamda Özbekistonga yöl oladi.
Jadvalga köra, poyezd bir haftada bir marta reysni amalga oşiradi. Poyezdda 50ta vagon bor, yuk taşuvlarining yillik hajmi 150 mingdan 200 ming tonnaga qadarni taşkil etadi.
Kutilişiça, bu poyezd asta-sekin «töla çiqiş, töla qaytiş» dasturini amalga oşiradi. Bunda Markaziy Osiyo mamlakatlariga mexanik uskunalar, rezinadan mahsulotlar, ötga çidamli materiallar va boşqa tovarlar jönatiladi, ortga turli xomaşyo bilan qaytiladi.












