
2019 yil BAAda ötkaziladigan Osiyo kubogining barça iştirokçisi ma'lum böldi.
Ma'lumki, musobaqada ilk marotaba 24ta jamoa qatnaşadi.
Ular: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Özbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Falastin, Ummon, Hindiston, Livan, Turkmaniston, Iordaniya, Bahrayn, Vetnam, Qirğiziston, KXDR, Filippin va Yaman.
Musobaqaning qur'a taşlaş marosimi 4 may kuni ötkazilişi belgilangan. Unda BAA terma jamoasi 1-savatçadan joy oladi. Qolgan jamoalar aprel oyidagi FIFA reytingiga asoslanib, savatçalarga ajratiladi. Ularning taxminiy tarkibi quyidagiça bölişi kutilmoqda:
1-savatça: BAA, Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni
2-savatça: Xitoy, Qirğiziston, Suriya, Livan, Falastin, Ummon
3-savatça: Özbekiston, Iroq, Hindiston, Qatar, Vetnam, KXDR
4-savatça: Filippin, Bahrayn, Iordaniya, Yaman, Tailand, Turkmaniston
Terma jamoalar 6ta guruhga ajratiladi. Guruhlarda 1 va 2-örinni egallagan, şuningdek, 3-örinni egallagan jamoalardan eng yaxşi 4tasi 1/8 final bosqiçiga, pley-off bahslariga yöl oladi.
Musobaqa 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAAning 4ta şahrida ötkaziladi.











