Bu haqda Içki işlar vazirligi Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi maʼlumotiga tayanib xabar berdi.

Fuqarolarni qaytariş Özbekiston va BAAdagi Interpol milliy markaziy byurolari hamda ikki davlat vakolatli organlarining hamkorligida amalga oşirilgan. Zarur tartib-taomillar bajarilgaç, olti nafar şaxs Özbekistonga ekstraditsiya qilingan.

IIV maʼlumotiga köra, 2026-yil boşidan buyon Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi taşabbusi bilan BAAdan jami 16 nafar qidiruvdagi şaxs qaytarilgan.

Ikki davlat byurolari örtasidagi axborot almaşinuvi xorijda qidirilayotgan şaxslarning turgan joyini aniqlaş va ularni qaytariş böyiça harakatlarni muvofiqlaştirişga xizmat qilmoqda.

Xususan, Interpol Boş Assambleyasi, milliy markaziy byurolar rahbarlari uçraşuvlari va boşqa xalqaro tadbirlarda erişilgan kelişuvlar uşbu hamkorlikni rivojlantirişga yordam bergan.

Rasmiy xabarda ekstraditsiya qilingan fuqarolarning şaxsi va ular aynan qaysi jinoyatlarda gumonlanayotgani oçiqlanmagan.

Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi xorijda qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş va ularni qonunçilikda belgilangan tartibda mamlakatga qaytariş işlarini davom ettirmoqda.