Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu haqdagi xabarida BAA prezidentiga Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining samimiy tilaklarini yetkazganini maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalarini koʻrib chiqqan. Shuningdek, sunʼiy intellektni rivojlantirish mavzusiga ham toʻxtalib oʻtilgan.
Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashuvni oʻzi uchun katta sharaf deb atab, koʻrsatilgan ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.

















