DW xabariga köra, Flydubai rasmiy vakili 1-oktabrga ötar keçasi parvozlar vaqtinça töxtatilganini maʼlum qilgan.
«Vaqtinçalik töxtatiş tegişli idoralarga öz işini davom ettiriş va hodisaning barça tafsilotlarini aniqlaş imkonini beradi», - degan aviakompaniya vakili.
Uning taʼkidlaşiça, Flydubai Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati va boşqa manfaatdor tomonlar bilan yaqin hamkorlikda iş olib bormoqda. Parvozlarni qayta tiklaş haqidagi qaror qöşimça maʼlumotlar kelib tuşişiga qarab qabul qilinadi.
Hodisadan keyin Isroil transport vaziri Miri Regev Flydubaiʼning mamlakatga barça reyslarini bekor qilişni talab qilgan. Şuningdek, u Fuqaro aviatsiyasi boşqarmasini BAA Isroil bilan tuzilgan aviatsiya kelişuvini buzgan-buzmaganini tekşirişga çaqirgan.
Maqolada qayd etilişiça, mazkur kelişuvga köra, Isroilga qönadigan samolyotlarni faqat uşbu davlat bilan diplomatik munosabatlarga ega mamlakatlar pasportini olgan uçuvçilar boşqarişi mumkin. Hujum qilganlikda gumon qilinayotgan uçuvçi esa, OAV maʼlumotlariga köra, Ummon fuqarosi. Ummon va Isroil örtasida diplomatik munosabatlar yöq.
Samolyotda nima sodir bölgan?
Dubaydan Tel-Avivga FZ1073 reysini amalga oşirayotgan Boeing 737 MAX 8 samolyoti bortni egallab olişga uriniş haqida signal berilganidan söng, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 09:00 da Saudiya Arabistonining Tabuk şahri aeroportiga favqulodda qöngan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, hodisaga uçuvçilar kabinasidagi janjal sabab bölgan. Asosiy taxminlardan biriga köra, ikkinçi uçuvçi havo kemasi komandiriga piçoq bilan hujum qilib, samolyot boşqaruvini qölga olişga uringan.
Olişuv paytida samolyot Saudiya Arabistoni hududi uzra atigi 29 soniya içida 9 410 metr balandlikdan 5 105 metrgaça keskin pasaygan.
Bortda 174 kişi, jumladan, 27 nafar bola bölgan. Ularning aksariyati Isroil fuqarolari ekani xabar qilingan.
Ayrim yölovçilarning aytişiça, dastlab uçuvçilar kabinasidan baqiriqlar eşitilgan. Keyin kabina eşigi oçilib, uçuvçilardan biri yaralangani va kiyimlari qonga belangani köringan.
Jarohatlangan uçuvçiga birinçi yordam körsatilgan. Yölovçilardan biri şifokor bölgan. Ekipaj aʼzolari va yölovçilar hujum qilgan şaxsni zararsizlantirişga muvaffaq bölgani aytilmoqda.













