Ekvador hukumati mamlakatning Londondagi elçixonasida yaşirinayotgan WikiLeaks asosçisi Julian Assanjni taşqi dunyo bilan aloqa qiliş vositalaridan mahrum etdi.
“Bu çora Assanj tomonidan 2017 yil oxirida hukumatga bergan yozma majburiyatiga amal qilmasligi bilan boğlangan. U majburiyatida Ekvadorning boşqa davlatlar bilan munosabatlariga aralaşuvni közda tutuvçi xabarlar tarqatmaslikka va'da bergandi”, deb aytilgan Ekvador hukumati bayonotida.
Biroq Assanjning qaysi xabari bunga sabab bölgani ma'lum qilinmagan.
Ekvador hukumatining fikriça, Assanjning özini tutişi va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlari Ekvadorning Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va boşqa davlatlar bilan yaxşi munosabatlariga xavf soladi. Şu sababli 27 mart kuni Assanj ijtimoiy tarmoqlardan uzib qöyilgan. Şu bilan birga Assanjga nisbatan qöşimça çoralar körilişi mumkin.
Assanj oxirgi vaqtda tvitterda Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemonning hibsga olinişiga taalluqli köp xabarlar yozgan. U xabarlaridan birida Puçdemonni “Germaniyaning birinçi siyosiy mahbusi” deb atagan.
Bir hafta avvalroq u britaniyalik josus Sergey Skripalning zaharlanişi bilan boğliq holda Buyuk Britaniyadan 23 nafar rossiyalik diplomatning çiqarib yuborilişiga izoh berib ötgan. Uning fikriça, Britaniya boş vaziri Tereza Mey qiyin vaziyatda qolgan. “Agar Moskva Skripalning zaharlanişi ortida turgan bölsa, unda bu Buyuk Britaniya tomonidan javob qaytarilişi maqsadida qilingan. Bunday holda Rossiya öz harakatlarini avvaldan rejalaştirib qöygan”, deb aytgan Assanj.












