9 noyabr kuni Ekvadorning Maçala şahridagi El-Oro qamoqxonasida osib öldirilgan 27 nafar mahbusning jasadi topildi. Bungaça qamoqxonada tartibsizliklar bölib, tört mahbus halok bölgan, 30 dan ortiq kişi jarohatlangan edi. Bir oy oldin xuddi şu qamoqxonada 14 mahbus halok bölgan, rasmiylar ularning guruhlar örtasidagi kelişmovçiliklar natijasida halok bölganini ta’kidlagan edi.

Ekvador qamoqxona xizmati (SNAI) bayonotida aytilişiça, 27 nafar mahbus «bir-birini böğgan, bu esa bir zumda ölimga olib kelgan». Rasmiylar heç qanday tafsilot keltirmadi, biroq «bu hodisa erta tongda sodir bölgan voqea bilan boğliq emas»ligini ta’kidladi.

9 noyabr kuni ertalab soat 3 atrofida El-Oro qamoqxonasida tartibsizliklar boşlandi. Bunga boşqa viloyatdagi mahbuslarning köçirib keltirilişiga qamoqxonadagi mahbuslar norozligi sabab böldi.

Ular qöriqçilarga hujum qilib, qurollarni qölga kiritişga va qölbola portlovçi modda yasaşga muvaffaq böldi. Oxir-oqibat, qamoqxona xodimlari vaziyatni nazoratga oldi, ammo jarayon davomida tört nafar mahbus halok böldi va 30 dan ortiği jarohat oldi. Qöriqçilardan biri ham jarohatlangan.

Bu umuman Ekvadorda ham, xususan, El-Oro qamoqxonasida ham birinçi şunday holat emas.

Sentabr oyi oxirida El-Oroda 13 nafar mahbus va bir qöriqçi, rasmiylarga köra, raqib guruhlar örtasidagi nizolar oqibatida halok bölgan. Töda vakillari sodir bölgan voqeaga izoh bermadi.

Mahbuslarning qarindoşlari hokimiyatdan qamoqxonada xavfsizlik çoralarini kuçaytirişni söragan, Maçala şahri aholisi esa ançadan beri qamoqxona uçun boşqa joy topişni talab qilmoqda: El-Oro şahar markazida joylaşgan.

2021 yildan beri Ekvador qamoqxonalarida jami 600 ga yaqin mahbus halok böldi, deb yozdi El Mundo. Ularning aksariyati raqib tödalar örtasidagi içki nizolar qurboniga aylandi.

Sentabr oyida AQŞ Ekvadorning ikki guruhi - «Los Lobos» va «Los Choneros»ni terrorçi taşkilot deb tan oldi.