Xitoyning Gansu provinsiyasidagi Bayin şahar okrugi sudi juma kuni seriyali qotil va zöravon Gao Çen'yunni oliy jazoga hukm qildi. Bu u tomonidan sodir etilgan birinçi jinoyatdan qariyb 30 yil ötib röy berdi.
Sud ayblanuvçini qasddan odam öldiriş, zörlaş, bosqinçilik va murdalarni tahqirlaş böyiça jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Gao Çen'yun 11 nafar ayolni öldiriş va nomusiga tegişda aybdor deb topildi. Sud uni barça siyosiy huquqlardan mahrum etdi.
Gansu provinsiyasidagi Bayin şahrida 1988-2002 yillar oraliğida qotillik bilan röy bergan 10ta zörlaş holati sodir böldi, qurbonlardan eng kiçigi 8 yoşda bölgan.
Politsiya Gao Çen'yunni 2016 yilning 26 avgustida hibsga oldi – u tomonidan sodir etilgan birinçi jinoyatdan 28 yil ötib.












