Şvetsiyaning Einride kompaniyasi muhandislari tomonidan yaratilgan özi boşqariluvçi yuk maşinalari joriy kuzda sotuvga çiqarilişini ma'lum qildi. Öziyurar transport NVIDIA texnologiyasi böyiça yaratilgan avtopilot platformasidan foydalanadi. Bu esa elektr yuk maşinalariga haydovçi aralaşuvisiz umumiy yöllarda mustaqil harakatlanişga imkon beradi.

T-pod deb nomlangan bu antiqa körinişdagi maşina bir quvvatlanişda 160 kmgaça yöl bosa oladi. NVIDIA avtonom boşqaruv platformasi buni maksimal xavfsiz amalga oşirişga imkon beradi. T-pod yaratuvçilarining aytişiça, hududda mustaqil möljalni oliş texnologiyasi va avtopilot yaratuvçilarining ilğor işlanmalari yönalişlarni maksimal samarali tuzişni va yuklarni şahar hamda şahar çekkasi yönalişlari böylab tezda yetkazişga imkon beradi.

Yuk maşinasini şuningdek masofadan operator tomonidan boşqariş usuli közda tutilgan, şu sababli yölning xavfli qismlarida va mahalliy qonunçilikda közda tutilgan bir qator holatlarda maşina odam tomonidan boşqariladi.
Kompaniya Gyoteburg va Xelsigborg şaharlari örtasidagi yönalişni tuzib çiqdi, bu yönaliş böylab kuzda 200 ta T-pod harakatlana boşlaydi. Ilova qilingan videoda yuk maşinasi avtopilotda qanday harakatlanişini köriş mumkin.

T-pod 15 ta standart poddonni taşiy oladi, biroq muhandislar uning qança yuk kötara olişini hozirça oşkor qilişmayapti. Körinişiça, maşinaning yuk kötarişi unça katta bölmaydi, çunki uning akkumulyatorlari katta siğimli emas. Şu sababli “Ti-podlar” oğir yuk maşinalari örnini egallaşi dargumon, biroq murakkab bölmagan yönalişlarda ular yaxşi yeçim bölişi mumkin. Asosiysi avtopilotda harakat xavfsizligini ta'minlaşdir, çunki bu jihatsiz bunday yuk maşinalarni katta kölamda qöllaş haqida gap ketişi ham mumkin emas.











