Özbekistonda taşqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga soliş va boj-tarif nazoratini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda.
Özbekiston prezidentining «Özbekiston Respublikasi taşqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga soliş va boj-tarif nazoratini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Hujjat bilan 1 maydan Özbekiston hududiga olib kirilayotgan import tovarlari uçun bojxona bojlari stavkalari va aksiz soliği stavkalari örnatiladi.
Hujjatda aytilişiça, 2018 yil 1 iyulgaça Özbekistonda «Integratsiyalangan tarif» interaktiv axborot platformasini tatbiq etiş rejalaştirilmoqda, u taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga real vaqt rejimida bepul asosda barça turdagi mahsulotlarning bojxona rasmiylaştiruvi uçun zarur bölgan hujjatlar töliq röyxati haqida batafsil ma'lumot oliş imkoniyatini beradi.
2018 yil 1 iyulga qadar tovarlarni mamlakatga olib kirişda bojxona tölovlari böyiça imtiyozlarni bekor qiliş borasida takliflar işlab çiqiladi.












