Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, yetti oyda mamlakatga 9,7 milliard dollarlik maşina va transport asbob-uskunalari import qilingan. Bu 2025-yilning şu davriga nisbatan 20 foizga köp.
Sanoat tovarlari importi 4,4 milliard dollarni taşkil etib, 10,1 foizga oşgan. Xizmatlar hamda kimyoviy vositalar va şunga öxşaş mahsulotlar importining har biri 3,6 milliard dollarga yetgan. Uşbu yönalişlarda ösiş mos ravişda 13,3 va 15,6 foizni taşkil etgan.
Keltirilgan tovar va xizmat guruhlari orasida eng yuqori ösiş oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importida kuzatilgan. Uning hajmi 41,9 foizga köpayib, 3,3 milliard dollarga yetgan.
Mineral yonilği, moylaş materiallari va şunga öxşaş materiallar importi 2,5 milliard dollarni taşkil etgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 10,7 foizga köp.
Qolgan yönalişlarda import hajmi va ösiş surʼati quyidagiça bölgan:
- turli xil tayyor buyumlar - 1 milliard dollar, ösiş 14 foiz;
- yonilğidan taşqari nooziq-ovqat xomaşyosi - 909,8 million dollar, ösiş 14,1 foiz;
- hayvon va ösimlik moylari, yoğlar va mumlar - 363 million dollar, ösiş 25,3 foiz;
- içimliklar va tamaki - 222,2 million dollar, ösiş 15,3 foiz.








