Rossiyaning Ust-Lug portidan Xitoyga S-400 havo hujumiga qarşi S-400 majmuasining qömondonlik punkti, radiolokatsion stansiyalari, pusk va energetik qurilmalari hamda yordamçi qurilmalarga ega ikkita kema yetib keldi. Şuningdek, Xitoyga keltirilgan S-400’ning ilk partiyasi tarkibiga qöşimça qurilmalar kirgan, biroq ularning yetkazilişi ob-havo şaroitlari sababli qoldirildi.  

S-400 polk majmuasining tarkibiga pusk qurilmalari, boşqaruv modullari, radiolokatsion stansiyalar va boşqa qurilmalarga ega 8 ta divizion kiradi. Polk majmuasi bir vaqtning özida 400 tagaça raketalarga karşi raketalarni qöllay oladi, havo hududini nazorat qiluvçi qöşimça vositalar bilan jihozlangan barça balandlikdagi aniqlovçi qurilma 500-600 kmgaça masofada havodan tahdid soluvçi xavfni töliq bartaraf eta oladi.

Aytiş joizki, Xitoy S-400 majmuasining ilk xorijiy xaridori böldi. 2014 yilda imzolangan şartnomaning qiymati 2 mlrd dollardan köproqqa baholangan. Xitoy S-400’ni sotib olişini e'lon qilgandan keyin, bir qator davlatlar, jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Hindiston ham uni sotib olişga qiziqiş bildira boşlagan.