Özbekistonlik qorilar Kuvaytda ötkaziladigan 9-xalqaro Qur'on musobaqasida iştirok etadi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, özbekistonlik ikki vakil Kuvaytda ötkaziladigan Qur'on musobaqasida hifz (30 pora böyiça) va tilovat yönalişi böyiça iştirok etadi. Hifz yönalişi böyiça 2017 yilda Özbekistonda ötkazilgan Qur'on musobaqasining oliy örin sohibi, Toşkent Islom instituti talabasi Abdulaziz qori Rahmonberdi, tilovat yönalişidan «Hazrati Imom» masjidi noib imomi Ismoil qori Qurbonov yurt şa'nini himoya qilişadi.

Musobaqa 10 aprel kuni boşlanadi.