Irlandiyada 140 yil avval qatl etilgan Maylz Joys ismli erkak oqlandi. Bu haqda Irish Times naşri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Joys Irlandiya Respublikasi taşkil etilişidan avval sodir etilgan jinoyat uçun dorga osiş orqali qatl etilgan. Uni Irlandiyaning amaldagi prezidenti Maykl Xiggins afv etdi. Xiggins uşbu voqea “Irlandiya va Britaniya tarixidagi şarmandali holat” ekanini ta'kidlab ötgan. Uning qarori deyarli 1,5 asr avval sodir etilgan xatoni töğrilaşga qaratilgan.

Ta'kidlanişiça, jabrdiyda 5 kişining öldirilişida ayblangan. Joys 1882 yilda u bilan birga sudlangan ikki erkak uning aybsizligini ta'kidlaşiga qaramasdan, qatl etilgan. Sud jarayoni ingliz tilida olib borilgan, Joys esa uni bilmagan. Qotillik qurbonlari 6 kişidan iborat oila a'zolari bölişgan. Ular öz uylarida halok bölganlar. Ma'lum qilinişiça, Joys qurbonlardan ba'zilari bilan taniş bölgan, biroq uning qotillikka aloqadorligiga şubha bölgan.

Irlandiya hukumati Joysning aybsizligi haqida ilk bor 2015 yilda unga qöyilgan ayblov yolğonligi aniqlangandan keyin ma'lum qilgan.