Boaodagi Osiyo iqtisodiy forumining asosiy qismi seşanba kuni Xitoyning Xaynan orolida boşlanadi, unda, kutilişiça, XXR raisi Si Tszinpin oçiliş marosimidagi öz nutqida mamlakatning taşqi dunyoga oçiqligini kengaytiriş böyiça yangi çoralar haqida e'lon qiladi. Bu Xitoy Ğarbda kuçayib borayotgan protektsionistik kayfiyatlar fonida iqtisodiy globallaşuv jarayonlarini qat'iy qöllab-quvvatlaşi isbotiga aylanadi.

Joriy yilda “Jahonning yanada farovonligi uçun oçiq va innovatsion Osiyo” şiori ostidagi forum rasmiy ravişda 8-11 aprelda bölib ötmoqda, biroq Sin Tszinpin iştirok etadigan tantanali oçiliş marosimi seşanba kuni ertalab ötkaziladi.

"2018 yilda islohotlar va oçiqlik siyosatiga 40 yil töladi. Rais Si Tszinpin Xitoyning islohotlar hamda oçiqlik siyosati erişgan muvaffaqiyatlar, uning amalga oşirilişi, jahondagi örni haqida eng muhim fikrni bildiradi. Xitoy bu siyosatni qanday kengaytirişi haqida aytiladi. Barça oçiqlik va islohotlar siyosatidagi qator yangi çoralardan xabardor etiladi", - deya ma'lum qilgan XXR TIV rahbari Van I.

South China Morning Post gazetasining vaziyatdan boxabar manbalarga asosan xabar berişiça, Si Tszinpin forumning oçiliş marosimida Xitoy bir neçta erkin savdo portlarini taşkil etiş niyatida ekanini e'lon qiladi. Portlar ham faoliyat qoidalari va asosiy prinsiplarini işlab çiqiş, ham bozorga çiqiş böyiça hozirgi erkin savdo zonalaridan ança oçiqroq böladi.

XXR tijorat vaziri sobiq örinbosari Vey Tszyangoning sözlariga köra, Si Tszinpin Xitoyga AQŞ savdo proteksionizmi bilan kuraşda va içki iqtisodiy rivojlaniş maqsadlariga erişişda yordam körsatuvçi qator muhim çoralarni e'lon qiladi.