9 aprel kuni Namangan viloyatining Zarkent qişloğida Qirğiziston Respublikasi davlat çegara xizmati raisi polkovnik Ularbek Şarşeyev va Özbekiston Respublikasi DXX çegara qöşinlari qömondonligi xizmati raisi örinbosari general-mayor Ruslan Mirzayev örtasidagi uçraşuv bölib ötdi. Bu haqida Qirğiziston Respublikasi davlat çegara xizmati saytida xabar berildi. 

Uçraşuv ikki davlat boş vaziri körsatmasiga muvofiq joriy yilning 7 aprelida bölib ötgan voqeani çuqur örganiş maqsadida ötkazilgan. Muzokaralar davomida çegara idoralari rahbarlari Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasida röy bergan voqeani muhokama qilişdi. Tomonlar ikki tomonning bunga qadar erişilgan protokol qarorlari töliq ijro etilmayotgani va hujjat Özbekiston hamda Qirğiziston munosabatlarining yangi bosqiçini inobatga olgan holda qöşimça işlanmalarni talab qilişiga doir xulosaga kelişdi. 

Şundan söng ikki respublika çegara idoralari delegatsiyalari voqea sodir bölgan joyga - Qirğizistonning Jalolobod viloyati, Oqsoy tumani, Mamay qişloğiga taşrif buyurişdi. Bu yerda davlat ma'muriyati rahbarlari va huquq-tartibot organlari vakillari bilan 7 aprel kuni röy bergan voqea joyini közdan keçirişdi.

Qirğiziston tomon Özbekiston delegatsiyasi vakillarining e'tiborini 2018 yilning boşidan buyon çegarada röy bergan özbekistonlik harbiylarning qurolni qöllaşi bilan boğliq ikki voqeaga qaratgan. 

Uçraşuv davomida tomonlar çegara qöşinlari tomonidan qurolni qöllaş favqulodda çora hisoblanişi, şu bois davlat çegarasidan ötişda qoidalar qasddan buzilmagan taqdirda, harbiylarning qurolni işga solişi qat'iyan man etildi. 

Foto: gps.gov.kg
Foto: gps.gov.kg

7 aprel kuni qayd qilingan voqeani har tomonlama örganiş maqsadida qöşma işçi guruh taşkil etildi.

2018 yil aprelining uçinçi dekadasida Özbekiston va Qirğiziston örtasida kengaytirilgan yiğiliş ötkaziş rejalaştirildi, unda çegara masalalari atrofliça muhokama qilinadi.