Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 276-son qarori bilan Markaz Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida taşkil etilmoqda.
Norma’ning yozişiça, muassasa asosan quyidagi ustuvor yönalişlar böyiça faoliyat yuritadi:
• xöjalik yurituvçi sub'yektlar, oliy ta'lim hamda içki va taşqi bozorlarda innovatsion mahsulotlar işlab çiqariş va sotişga yönaltirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining özaro hamkorligini kengaytiriş orqali fan, ta'lim va iqtisodiyotning real sektori hamkorlik qiladigan kommunikatsion maydonçalar sifatidagi texnologik platformalarni yaratiş;
• yangi bilimlarni generatsiya qiliş va innovatsion intellektual muhitni şakllantiriş;
• tijoratlaştirilişi ehtimoli katta bölgan va keyinroq röyobga çiqariladigan işlanmalarni tijorat tusini olguniga qadar amalga oşiriş;
• yoş olimlar va mutaxassislarni zamonaviy innovatsion tematikaga jalb etiş;
• keng doiradagi taşkilotlar va korxonalarga maslahat xizmatlari körsatiş va maslahat kömagi beriş;
• boşlovçi tadbirkorlarni innovatsion loyihalarni amalga oşiriş çoğida qöllab-quvvatlaş;
• şu jumladan çet ellik mutaxassislarni taklif etgan holda qisqa muddatli va örtaça muddatli ixtisoslaştirilgan kurslarni ötkaziş yöli bilan kadrlar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaşni taşkil etiş.
Taşkil etilgan markaz Innovatsion rivojlaniş vazirligi binosida joylaştiriladi, u Toşkent şahri, Olmazor tumani, Universitet köçasi manzili böyiça keyingi yilning 21 mart kuniga qadar qurib bitkaziladi.
Markaz yuridik va jismoniy şaxslarning rezident maqomini olişga buyurtmalarini qabul qiladi, rezidentlarni röyxatdan ötkazadi va rezident maqomi berilganligi töğrisida tegişli guvohnoma bergan holda ularni maxsus reyestrga kiritadi. Markaz rezidentlarga ekspert yordami va maslahat xizmatlari körsatadi, ular zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarişlarini monitoring qiladi.
Markaz faoliyati Davlat byudjyeti mablağlari, rezidentlarga xizmatlar körsatişdan tuşadigan daromadlar, muassisning mablağlari, xalqaro moliyaviy institutlar va nohukumat taşkilotlarining grantlari, şuningdek taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi.
Hujjat 9.04.2018 yilda e'lon qilingan.
Innovatsion işlanmalarni joriy etiş ilmiy-amaliy markazi taşkil etildi












