Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 460-son qarori bilan «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston akkreditatsiya markazi davlat muassasasi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom «Özbekiston akkreditatsiya markazi» davlat muassasasining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquqlari, şuningdek, uning faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi.
Hujjatga muvofiq, muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiyadan ötkaziş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Şuningdek, Akkreditatsiya markazi xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qiladi. Sohaga xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etiş ham uning asosiy vazifalari qatoriga kiritildi.
Markazga qanday huquqlar berildi?
Nizom bilan Akkreditatsiya markaziga öziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajariş uçun qator huquqlar berilgan.
Jumladan, Markaz öz vakolatiga kiradigan masalalar böyiça respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari, xöjalik birlaşmalari hamda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlaştirişi mumkin.
Şuningdek, Markaz öz vakolati doirasidagi masalalar böyiça zarur statistik axborotlarni statistika organlaridan bepul oliş huquqiga ega böladi.
Direktor Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi
Akkreditatsiya markazi faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
Nizomga köra, Markaz direktori Özbekiston Prezidenti administratsiyasi bilan belgilangan tartibda kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Yangi nizom şu tariqa Akkreditatsiya markazining davlat boşqaruvi tizimidagi maqomi, vakolatlari va boşqaruv mexanizmini belgilab berdi.








