Asqarbek Şodiyev Qirğiziston boş vaziri birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti devonining axborot siyosati bölimi xabar bergan.
Uning ma'lumotlariga köra, Sooronbay Jeenbekov Şodiyevning iste'fosini qabul qilgan.
Asqarbek Şodiyev Jöqorğu Keneşning xalqaro bölimi sobiq mudiri Arsen Zokirov tomonidan byudjyet mablağlarini yirik miqdorda talon-toroj etiş holati böyiça olib borilayotgan suriştiruv işlari sabab öz lavozimidan ketişga qaror qilgan.
Şuningdek, Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan Indira Joldubayeva boş prokuror lavozimidan ozod etildi. Konstitutsiyaga köra, prezident boş prokurorni Jöqorğu Keneş deputatlari umumiy sonining kamida yarmi roziligi bilan işdan böşatişi mumkin. Iste'fo uçun JKning 105 deputati ovoz bergan bölsa, 2 nafari qarşi çiqdi. Indira Joldubayeva boş prokuror lavozimini 2015 yilning 28 yanvar kuni egallagandi.
Bundan taşqari, Sooronbay Jeenbekov Aynur Abdildayevani adliya vaziri etib tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Undan avval bu lavozimni egallagan Uran Axmetov 2 aprel kuni iste'foga çiqdi. Adliya vaziri bir neça marta parlamentda tanqid ostiga olingandi. Sönggi mojaro esa, Uran Axmetov hujjatlarni xato bilan taqdim etgani tufayli röy berdi.
Aynur Abdildayeva bundan avval Adliya vazirligi stats-kotibi sifatida işlagan.
Şuningdek, Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan Murat Mukambetov hukumat apparati rahbari – Qirğiziston Respublikasi vaziri etib tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining avvalgi rahbari Nurxanbek Momunaliyev mart oyi örtalarida iste'foga çiqqandi.
Mukambetov boş vazir apparatida 2003 yildan beri işlab keladi. 2012 yilda hukumat apparati rahbari birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.












