Air China samolyoti bort kuzatuvçisini garovga olgan yölovçi ruhiy kasallikdan aziyat çekkan. Xenan provinsiyasi politsiyasi şu haqida xabar berdi. 

Mahalliy vaqt bilan soat 8:40 da Xunan provinsiyasining Çanşa şahridan CA1350 reysini amalga oşirgan samolyot soat 11:00 da Pekin xalqaro aeroportiga qönişi kerak bölgan. Biroq parvoz vaqtida yölovçilardan biri bort kuzatuvçisiga tahdid qilib, uni garovga olgan. Samolyot ekipaji xavfsizlik nuqtai nazaridan favqulodda qönişni amalga oşirişga qaror qilgan. 

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 9:58 da Xenan provinsiyasidagi Çjençjou xalqaro aeroportiga qöngan.

Gumondor Xunan provinsiyasining 41 yoşli fuqarosi bölgan, deya ma'lum qilişdi huquq-tartibot xodimlari. 

"Dastlabki tergov ma'lumotlariga köra, parvoz vaqtida gumondorning ruhiy kasalligi xuruj qilgan. U siyoh ruçka bilan tahdid qilib, bort kuzatuvçini garovga olgan, natijada samolyotni favqulodda qöndirişga töğri kelgan", - deyiladi politsiya bayonotida. 

Havo kemasi qönganidan söng mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da barça yölovçilar samolyot bortini muvaffaqiyatli tark etişgan. Soat 13:00 ga borib huquq-tartibot organlari xodimlari samolyot bortida qolgan gumonlanuvçini qölga olişgan. U qandaydir talab qöyganmi yoki yöq - noma'lum. 

Voqea natijasida heç kim jabrlanmagan, qöşimça qilişdi politsiyada.