Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasi «Qirğiziston» partiyasidan Jogorku Keneş deputati Damirbek Asilbek öğlining vakolatlarini muddatidan avval tugatdi. Bunga unda boşqa davlat fuqaroligi bor ekani sabab bölgan.

Bunday qaror MSK a'zolari yiğilişida bugun, 16 aprel kuni qabul qilindi.

MSKning saylovlarni taşkil etiş böyiça bölimi mudiri T.Aytikeyev ma'lumotlariga köra, OAVda deputat Damirbek Asilbek öğlida boşqa davlat fuqaroligi bor ekani haqidagi xabar paydo bölganidan söng, MSK tegişli davlat organlariga xat yuborgan.

Qirğiziston IIV ma'lumotiga köra, Qozoğiston TIV Damirbek Asilbek öğli Jambil viloyatida tuğilgani hamda Qozoğiston fuqaroligiga ega ekanini rasman xabar bergan.

Şuningdek ma'lum bölişiça, JK deputatida ikki davlatning amaldagi pasporti bor. 

Foto: akipress.kg

Damirbek Asilbek öğli Qozoğistonda kontrabanda sxemalari va tovarlarni bojxona tölovlaridan ozod etişni taşkil qilişda gumonlanib qölga olindi.