AQŞning Janubiy Karolina ştatining Bişopvillidagi qattiq qöriqlanuvçi turmada mahbuslar örtasida köplab muştlaşuvlar sodir böldi. Bu haqda 16 aprelda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

Turmada tartibsizliklar 15 aprel keçki vaqt boşlangan va 8 soatga yaqin davom etgan. Ta'kidlanişiça, tartibsizliklar turmaning 3 ta korpusini qamrab olgan. Muştlaşuvlarni huquq-tartibot idoralari xodimlari yordami bilangina töxtatişga muvaffaq bölingan. 

Turma vakili bergan ma'lumotlarga köra, tartibsizliklar oqibatida 7 mahbus halok bölgan, yana önlab jarohat olgan. Turma xodimlari va huquq-tartibot idoralari xodimlaridan heç kimga zarar yetmagan. 

Turmada 1,5 mingga yaqin mahbus, jumladan bir qator öta xavfli va uzoq muddatga jazolangan jinoyatçilar saqlanadi.