17 aprelda Duşanbeda Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Abdujabbor Abduvoxitov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining (IHT) Taşqi işlar vazirlari kengaşining 23-yiğilişida iştirok etdi. 

Yiğilişda iqtisodiyot, madaniyat, turizm, fan va ta'lim sohasidagi, jumladan IHTning Savdo kelişuvini amalga oşiriş doirasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.  

Tomonlar Afğonistonga kömak beriş dasturini qabul qilişgan hamda IHTning yangi rahbarini tayinlaş va byudjyetining yangilangan strukturasi kabi taşkiliy masalalarni muhokama qilişgan.   

Yiğiliş yakunlariga köra, Duşanbe kommyunikesi qabul qilingan.

IHT Örta Osiyo va Yaqin Şarq davlatlari örtasidagi mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy taşkilot bölib, 1985 yilda taşkil etilgan. Uning tarkibiga Özbekiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarboyjon va Afğoniston kiradi.