Taşqi savdo vaziri Jamşid Xodjayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Pokiston Islom Respublikasi (PIR)ga rasmiy taşrifni amalga oşirdi. U yerda ikki tomonlama uçraşuvlar va dolzarb masalalar muhokamasi kutilmoqda.

Özbekiston Respublikasi taşqi savdo vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Pokiston Islom Respublikasining Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi vazirligi, Savdo vazirligi va Taşqi işlar vazirligida qator uçraşuvlar rejalaştirilgan. 

Şuningdek delegatsiya Pokiston savdo-sanoat palatalari vakillari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşadi hamda PIR işbilarmonlar doirasi iştirokida V2V formatidagi muzokaralarni ötkazadi. 

Özbekiston delegatsiyasi tarkibidan şuningdek Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov, Davlat investitsiya qömitasi, "Öztöqimaçiliksanoat", "Özsanoateksport", "Özagrotexmaş", "Özbekçarmpoyabzali", Farmatsevtika sohasini rivojlantiriş agentligi mas'ul rahbarlari örin olişgan.

Taşrif yakunlariga köra, aniq natijalarga erişiş közda tutilgan.

Ta'kidlaş joizki, joriy yilning yanvar oyida Özbekiston va Pokiston örtasidagi savdo hajmi 6,6 million dollarni taşkil qildi (+80,9 foiz), şu jumladan eksport - 1,1 million dollar va import 5,5 million dollarni qayd etdi. 

Özbekistonda Pokiston investitsiyalari iştirokidagi 58 korxona va 100 foiz Pokiston kapitaliga ega 5 korxona faoliyat yuritadi. Faoliyatning asosiy yönalişlari: savdo-sotiq, töqimaçilik mahsulotlari, qoğoz, oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş, transport va turistik xizmatlarni taqdim etiş.