Özbekistonda aholining 6,3 foizi, ya'ni 1,9 million kişi töyib ovqatlanmasligi ma'lum böldi. BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti - FAO hisoboti şundan dalolat bermoqda. 

2010-2012 yillarda Özbekistonda bu körsatkiç 7,9 foizni taşkil qilgan bölsa, 2005-2007 yillarda 12,4 foizni qayd etgan.

FAO hisobotiga köra, Tojikistonda töyib ovqatlanmaslik körsatkiçi - 30,1 foizni, Qirğizistonda - 6,4 foizni, Turkmanistonda - 5,5 foizni, Qozoğistonda - 2,5 foizni  taşkil qiladi. 

Markaziy Osiyo aholisining töyib ovqat yemaslikka doir umumiy körsatkiçlari 8,3 foizni (5,6 million kişi) qayd etgan. 

Semizlikdan aziyat çekuvçilar körsatkiçlari böyiça Özbekistonning körsatkiçlari boşqa mamlakatlarga nisbatan yaxşiroq - 14,4 foiz. Şuningdek Qirğiziston (13 foiz) va Tojikiston (10,9 foiz) ham semizlik darajasi eng past mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

Aholisi semizlikdan eng köp aziyat çekuvçi mamlakatlar esa - Malta, Turkiya va Buyuk Britaniya. Malta aholisining 29,6 foizi semizlik dardiga yöliqqan. Undan keyingi örinlarda Turkiya (29,3 foiz) va Buyuk Britaniya Birlaşgan qirolligi (29,1 foiz) keltirilgan. 

Mikronutriyent yetişmovçiligi böyiça Özbekistonning körsatkiçlari bolalarda - 53,1 foizni, kattalarda esa - 38,4 foizni qayd etgan. Katta yoşli aholida sink yetişmovçiligi 24,4 foizni taşkil qiladi.