Xitoy siyosatçilari tarkibida şakar miqdori yuqori bölgan içimliklarga qöşimça soliq joriy etişni muhokama qilmoqda. Bunday soliq nafaqat budjet masalalarini hal qilişga yordam beradi, balki şakarni ortiqça iste’mol qiliş bilan boğliq aholi salomatligi uçun salbiy oqibatlarni kamaytiradi. Bu haqda muhokama jarayonidan xabardor manbalarga tayanib, Financial Times xabar berdi.
Naşrning ta’kidlaşiça, Xitoy şakarli içimliklarga milliy soliq solinmaydigan kam sonli yirik iqtisodiyotlardan biri bölib qolmoqda, 116 dan ortiq mamlakat allaqaçon bunday çoralarni joriy etgan.
Körib çiqilayotgan şirin içimliklar soliği nafaqat budjetga daromad keltirişi, balki şakarni köp iste’mol qiliş bilan boğliq bölgan semizlik, diabet va boşqa kasalliklar xavfini kamaytiriş orqali iste’molga ta’sir qilişi mumkin.
Pekin universiteti va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining tadqiqotiga köra, 20 foizlik soliq ön minglab erta ölimning oldini olişi mumkin.
2025 yil iyul oyida JSST barça mamlakatlarni 2035 yilga borib narxlarni 50 foizga oşiriş uçun şirin içimliklar çakana narxining kamida 20 foizi miqdorida soliq joriy etişga çaqirdi.
Xitoyda 2025 yilda e’lon qilingan ovqatlaniş böyiça sönggi tavsiyalarga köra, 2030 yilga borib, şakarning örtaça kunlik iste’moli kişi boşiga 25 grammgaça kamaytirilişi kerak. Xitoy rasmiylarining hisob-kitoblariga köra, hozir örtaça kunlik iste’mol bir kişi uçun 30 grammni taşkil qiladi.
The Washington Post ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Xitoyning katta yoşli aholisi yarmidan köpi ortiqça vaznga ega bölgan.

















