«Arsenal» «Barselona»ning sobiq murabbiyi Luis Enrike bilan muzokara ötkazmoqda. Bu haqda Independent naşri xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, 47 yoşli ispaniyalik mutaxassis inglizlar klubida sport direktori lavozimida faoliyat körsatayotgan Raul Sanllexi bilan yaxşi aloqalarga ega, Enrike va Sanllexi «Barselona»da ham birga işlaşgandi.
Xabar qilinişiça, Enrike «Arsenal»dan Arsen Vengerniki kabi katta maoş talab qilmoqda. Bu esa ispaniyalik murabbiyning tayinlanişiga tösiq bölişi ham mumkin.
Le Parisien xabariga köra esa, Arsen Venger örnini Karlo Ançelotti egallaydi.
Ançelotti ayni vaqtda klubsiz – ötgan yilning sentabrida u «Bavariya»dan iste'foga çiqarilgandi.
Bundan avvalroq 58 yoşli italiyalik mutaxassis vatandoşi Antonio Konte örniga «Çelsi»ga qaytişi haqida xabar berilgandi, ammo Le Parisien xabariga köra, u «Arsenal» bosslari uçun asosiy variant hisoblanadi.
Ançelotti Angliyada işlaş tajribasiga ega, u 2010 yili «Çelsi» bilan «oltin dubl» qayd etgan, çempionat va mamlakat Kubogida zafar quçgandi.
Bundan avvalroq The Mirror naşri, «Arsenal»ning sobiq futbolçisi, ayni vaqtda «Nyu-York Siti»ni boşqarayotgan 41 yoşli Patrik Viyeyra jamoaning yangi murabbiyiga aylanişi, uning nomzodi Venger tomonidan ham ma'qullangani töğrisida xabar tarqatgandi.
Bugun 68 yoşli Venger mavsum yakunida «Arsenal»ni tark etişini e'lon qildi. U 22 yil jamoani boşqardi va jami 17 sovrin, jumladan, 3 marta Angliya çempionligi va 7 marta Angliya Kubogini qölga kiritdi. U şuningdek, jamoa bilan 7 marta Superkubok öyinida zafar quçgan, Angliya premer-ligasida öyin ötkaziş böyiça rekord örnatgan (823).












