«Yoruğlik ofsaydi» (daylight offside) deb nomlangan yangi talqin FIFA tomonidan e’lon qilindi. Yangi qoida FIFA global futbolni rivojlantiriş böyiça rahbari Arsen Venger tomonidan taklif qilingan.
Endi hujum qilayotgan futbolçi himoyaçidan töliq özib ketgan taqdirdagina «öyindan taşqari» holatda böladi - ular örtasida körinadigan böşliq bölişi kerak. Agar gol urişga ruxsat berilgan tananing istalgan qismi himoyaçi bilan bir çiziqda bölsa, ofsayd qayd etilmaydi.
«Bu muhim sinov loyihasi. Uşbu yangi talqinni professional musobaqalarda sinab köriş orqali biz uning öyinga qanday ta’sir qilişini, jumladan, öyinning aniqligi va dinamikasini oşiriş, şuningdek, hujumkor öyinni tarğib qiliş nuqtai nazaridan yaxşiroq tuşunişimiz mumkin», deb Vengerning sözlarini keltirdi FIFA matbuot xizmati.
Şu bilan birga, birinçi marta Football Video Support (FVS) tizimi - maxsus video hakamlarsiz soddalaştirilgan VAR muqobili ham sinovdan ötkaziladi. Boş murabbiylar gol, penalti, qizil karta yoki futbolçini notöğri jazolaş epizodlarida yaqqol xatoga yöl qöyilganda çeklangan miqdorda video köriş sörovlarini yuborişi mumkin böladi. Buning uçun murabbiy vaziyatdan söng darhol maxsus kartani törtinçi hakamga berişi kerak.
Qayd etilişiça, yangi FVS tizimi VAR örnini bosmaydi, balki hakamlarga qaror qabul qilişda yordam beradi.
Endi yangi qoidalar Kanada çempionatida sinovdan ötkaziladi.












