Rossiya çempionati tugaşiga 4 tur qoldi. Hafta örtasidagi öyinlar, ayniqsa, Rossiya kubogi yarim finallaridan biri yevrokuboklardagi jamoalar örnini belgilab berdi. Qöyida, uşbu çempionatdagi mana şu masaladagi asosiy intrigalar haqida ma'lumot beriladi.
Yevrokuboklarda kim qatnaşadi?
Avvalo aytiş kerakki, Rossiya Premer Ligasi Yevropa reytingida 6-örinda bormoqda va yangi mavsumda YeÇL da uç, Yevropa Ligasida uç jamoa bilan qatnaşa oladi. Olti jamoadan beştasi ma'lum: "Lokomotiv", "Spartak", TsSKA, "Zenit" va "Krasnodar" jamoalari kuçli beşlikdagi örinlarini naqd qilib ulgurişgan.

Agar "Spartak" Rossiya kubogida ğalaba qozonganida, Yevropa Ligasidagi bir örin ligada 6-örinni olgan jamoaga tegar edi. Ammo bunday bölmadi va endi Rossiya kubogi finalida "Tosno" va "Avangard" jamoalari kuç sinaşadilar. Demak, bu jamoalardan biri kubok ğolibi sifatida Yevropa Ligasiga yöllanmani qölga kiritadi.
Öz özidan, oltinçi örin uçun kuraşayotgan "Arsenal" va "Ufa" jamoalari yevrokuboklarda iştirok etiş huquqidan mahrum bölib ulgurişdi. Hozirda ular 5-örindagi "Krasnodar"dan 12 oçko orqada borişmoqda. Agar keyingi turlarda "Krasnodar" faqat mağlubiyatga uçrab, bu jamoalar yuz foizlik natija qayd etgan taqdirda ham, oçkolar soni teng bölib qoladi. Çempionat reglamentiga köra, bunday holatlarda eng birinçi bölib, özaro öyinlarga qaraladi. "Arsenal" va "Krasnodar" örtasidagi özaro öyinlarda krasnodarliklarning ustunligi bor."Ufa" esa, bu borada tenglik qayd etgan bölsa-da, keyingi körsatkiç, ğalabalar soni böyiça ança orqada - 9 ga 14.
Çempionlik uçun "Lokomotiv" yana qança oçko olişi kerak?
Peşqadam keyingi turlarda, 4 öyinda 6 oçko jamğarsa, rasman çempionga aylanadi. Ya'ni ikki öyinni yutib, ikkitasida mağlubiyatga uçrasa ham heç kim ularga yetib ololmaydi. Faqat oçkolar soni böyiça "Spartak" tenglaşişi mumkin, ammo bu yerda ham özaro öyinlar "temiryölçilar" joniga oro kiradi. Birinçi davradagi öyinda "Lokomotiv" 4:3 hisobida ğalaba qozongan, ikkinçi öyinda esa durang qayd etildi.

"Lokomotiv"ning keyingi öyinlari u qadar oson emasligini ham ta'kidlaş kerak. Barça raqiblar yuqorida tilga olingan kuçli oltilikka yaqin yo uning içidagi jamoalar. Avvaliga, "Lokomotiv" öz uyida "Ufa"ni qabul qiladi. Keyin esa Krasnodarga safar qiladi. Undan keyingi uçraşuv yana Moskvada "Zenit" ga qarşi keça, sönggi turda "Lokomotiv" "Arsenal" mehmoni böladi.
Ikkinçi va uçinçi örinlarning farqi bormi?
Yangi mavsumda yuqorida aytilganidek, ikkinçi va uçinçi örindagi jamoalar ham YeÇL yöllanmasini qölga kiritadilar. Ammo farq katta. Ikkinçi örinni olgan jamoa töğridan töğri guruh bosqiçiga yöl olsa, 3-örindagi jamoa YeÇL saralaşining sönggi ikki bosqiçida öynaşi kerak.
Şu örinda, balki bu safargi saralaşlar ötgan safargilardan biroz yengilroq bölişini ta'kidlaş kerak. Sababi, yangi qoidaga köra, endi kuçli törtlikdagi liga vakillaridan tört jamoa töğridan töğri guruh bosqiçiga ötadi. Avvalgi yillar kabi, 4-örindagi klublar saralaşda qatnaşmaydi. Ya'ni Ispaniya, Angliya, Germaniya va Italiya klublari saralaş bahslarida rus jamoalariga raqib bölmaydilar.
Umuman saralaşda kuçliroq raqibga röbaru böliş ehtimol "Spartak" (85-örin) va "Krasnodar" (60-örin) jamoalarida kattaroq. "Zenit" esa UYeFA reytingida 17-örinda borayotganini e'tiborga olsak, kvalifikatsiya bosqiçi piterliklar uçun yengilroq ötişi mumkin.
Uç jamoada oçkolar teng bölib qolsa, nima böladi?
Özaro öyinlar ötib bölganini e'tiborga olib, "Spartak", "Krasnodar" va "Zenit"ni soliştirib köriş mumkin.
1. "Spartak" ikki marta "Krasnodar"ni yengdi
2. "Zenit" öz uyida "Krasnodar"ga 1:2 yutqazgan, ammo safarda 2:0 yutgan
3. "Spartak" "Zenit"ni öz maydonida 3:1 yutib, safarda 1:5 yutqazgan.
Anglaş osonki, oçkolar teng bölib qolgan holatda, "Spartak" 9 oçko bilan jadvalda yuqorida joylaşadi. "Zenit" keyingi örinda, atigi 3 oçko olgan "Krasnodar" esa keyingi örinni band etadi.
"Lokomotiv" hali barça ta'qibçilari bilan öynab ulgurmadi, lekin har biri bilan hozirça ustunlikka ega. TsSKA özaro öyinlarga köra, "Lokomotiv" va "Spartak"dan orqada, ammo narigi ikki jamoa bilan keyingi turlarda öynaydi. 22 aprel kuni bölib ötadigan TsSKA - "Krasnodar" va 29 aprel kuni bölib ötadigan "Zenit" - TsSKA öyini yuqori örinlarga juda katta ta'sir körsatadi. Şuningdek, yetakçi klublarning "Lokomotiv"ga qarşi öyinlarini unutmaslik kerak. Töğri, agar "Lokomotiv" keyingi ikki turda barça masalani hal qilib, uçinçi çempionligiga erişsa, "Zenit"ga qarşi öyin ular uçun heç narsani hal qilmasligi mumkin.
Qöyida kuçli beşlikdagi, ya'ni YeÇL yöllanmasini qölga kiritiş imkoniyati bölgan klublarning sönggi turlardagi taqvimi bilan taniştiramiz:
"Spartak" (50 oçko): "Axmat" (uyda), "Amkar" (safarda), "Rostov" (uyda), "Dinamo" (safarda)
TsSKA (48 oçko): "Krasnodar" (uyda), "Zenit" (safarda), "Arsenal" (uyda), "Anji" (uyda)
"Zenit" (48 oçko): "Arsenal" (safarda), TsSKA (uyda), "Lokomotiv" (safarda), "SKA Xabarovsk" (uyda)
"Krasnodar" (47 oçko): TsSKA (safarda), "Lokomotiv" (uyda), "SKA Xabarovsk" (safarda), "Rubin" (uyda)

shampionat.com











