Xitoyning janubida joylaşgan Guangsi-Juang avtonom tumanidagi Guylin okrugida joylaşgan daryoda ikkita «ajdarsimon» qayiqlarning töqnaşuvidan söng 11 kişi halok bölgani yana 6 nafar inson bedarak yöqolganini xabar bermoqda okrug hukumati.
Voqea şanba kuni mahalliy vaqt bilan 13:40 da (Toşkent vaqti bilan 18:40 da) Yoz bayramiga tayyorgarlik doirasidagi musobaqalarga tayyorgarlik köriş çoğida ikki qayiq töqnaşib, boşqaruvini yöqotganidan söng sodir bölgan. Odatda, bu bayramda ajdaho boşi va quyruği şaklidagi qayiqlar suvdagi yorqin tomoşalarda iştirok etadi.
Töqnaşuvdan söng 57 kişi suvga ğarq bölgan, 40 kişini qutqarişga ulgurib qolişgan, ulardan ayrimlari qirğoqqaça özlari suzib kelişgan.
Jabrlanganlardan beş nafari kasalxonaga yotqizilgan, ularga zarur tibbiy yordam körsatilgan. Aytilişiça, suziş maşğulotlari taşkilotçilari bu haqida mahalliy huquq-tartibot organlarini ogohlantirmagan, taşkilotçilardan ikki nafari uşlangan.












