Eron 2015 yildagi yadroviy kelişuv örniga AQŞ va uning Yevropadagi ittifoqdoşlari tomonidan AQŞ prezidenti Donald Trampning talablari hisobga olingan yangi kelişuvni qabul qilmaydi. Bu haqda CBS telekanaliga intervyuda Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif aytib ötdi.
“Qabul qilmaydi, çunki yevropaliklar uçun ular AQŞni kelişuvni bajarişga qaytariş muhimdir, çunki Eron unga amal qilmoqda. Aksinça, AQŞ kelişuvga amal qilmayapti”, deb aytgan Zarif. Uning aytişiça, “kelişuvning “yaqqol buzilişi”ga Vaşington Eronning hamkorlarini u bilan hamkorlik qilmaslikka çaqirayotgani xizmat qiladi. Zarif Vaşingtonning harakatlari “uning xalqaro hamjamiyatda yakkalaşuviga” olib kelişini aytdi.
Zarif kelişuvda iştirok etayotgan Yevropa davlatlari kelişuvni qöllab-quvvatlab, “AQŞning qöşimça talablarini qondirmay, balki uning amaldagi kelişuvlar doirasida özining majburiyatlariga amal qilişga majbur qilişlari kerakligini” qöşimça qilgan.
Tramp 12 may kuni Eronga qarşi sanksiyalarni muzlatişni navbatdagi marta uzaytirişi kerak. Tramp bunday qilmasligi kutilmoqda. Bunday holda sanksiyalar avtomatik ravişda amal qila boşlaydi. Zarif esa bunday vaziyatda Eron yadroviy işlanmalarini yana boşlaşi mumkinligidan ogohlantirgan.












