Rossiyaning Argentinadagi elçisi Viktor Koronelli sözlariga köra, Lotin Amerikasi davlatlaridan rossiyalik diplomatlar çiqarib yuborilmaydi. Bu haqda u Gazeta.ru’ga bergan intervyusida aytib ötgan.

Uning sözlariga köra, diplomatlarni çiqarib yuborişga mintaqadagi birorta ham davlat könmaydi.

«Britaniya-Amerika taşabbusiga faqat NATO a'zolari va ularning eng yaqin bir neçta ittifoqçilari qöşildi. Lotin amerikaliklarda özining pozitsiyasi bor», - deya aytib ötdi Koronelli.

Uning qöşimça qilişiça, Rossiya tomonining Britaniyadagi Solsberi şahrida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanişi bilan boğliq vaziyat böyiça izohi Argentinada «töla tuşuniş» bilan qabul qilindi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya Skripallarga suiqasdda asosiy gumonlanuvçilarni aniqlagani xabar berilgandi.