Air India aviakompaniyasining 19 aprelda Amritsar va Nyu-Dehli örtasidagi parvozni amalga oşirayotgan samolyoti turbulentlikka tuşib, kuçli silkinişi vaqtida illyuminatori oynasi çiqib ketdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
“Heç qaçon bunday vaziyatga duç kelmaganman. Biz 10-12 daqiqa davomida kuçli turbulentlik hududidan ötganmiz”, deb aytgan uçuvçi.
Voqea oqibatida 3 kişi mayda jarohatlar olgan. Bunga çiqib ketgan oyna emas, balki yuqoridagi tokçalardan tuşgan yuk sabab bölgan.
Hammasi bölib samolyotda 236 yölovçi va 6 nafar ekipaj a'zosi bölgan. Reys 6 yilgina foydalanilayotgan Boeing 787 modeli yordamida bajarilgan.











