«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Ispaniya Kubogi finalidan örin olgan «Sevilya»ga (5:0) qarşi öyindan söng, özga sayyoralik ekani haqidagi miş-mişlarning yana bir bor kötarilişiga sabab böldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari «Barselona»ning janubiy amerikalik futbolçilari Koutino, Suares, Paulino, Mina va Messi tuşgan fotosuratda Lionelning öng oyoğida oltinçi barmoq borligini payqab qolişdi.

Bu optik illyuziyami yoki fotomontajmi ma'lum emas. Biroq, Messining oltinçi barmoği ijtimoiy tarmoqlarda katta şov-şuvga sabab böldi.