Toşkent viloyati hokimi Ğ.Ibragimov boşçiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy taşrif bilan borgani xabar qilingandi. U yerda ikki tomonlama uçraşuvlar va dolzarb masalalar muhokamasi bölib ötdi.
2018 yil 18 aprel kuni Zangiota tumani hokimi A.Tamikayev va “Leshan Qinle Agriculture Development co., Ltd (She Qiang)” kompaniyasi bilan biogaz texnologiyasi böyiça 10 mln AQŞ dollarlik investitsion memorandum imzolandi.


Bundan oldin, 2018 yil 15 aprel kuni Zangiota tuman hokimligi va Çandou provinsiyasi örtasida tumandagi “Highway logistik center” MÇJ logistika markazida Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy vakolatxonasi oçilişi va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik, Toşkent viloyati Zangiota tumani hokimligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Çando provinsiyasi örtasida qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça özaro hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolangan edi.


Zangiota tumanini 2018-2019 yillarda Xalqaro moliya institutlari kredit mablağlari hisobiga qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça jami 88ta qiymati 167,7 mln AQŞ dollarlik investitsiya loyihalari işlab çiqilgan, şundan 100,5 mln AQŞ dollarlik imtiyozli çet el investitsiya hisobiga amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Loyihalarni amalga oşiriş natijasida 1 639ta yangi iş örni yaratilişi belgilangan.











