Xitoy TIV rasmiy vakili Lu Kanning ma'lum qilişiça, KXDR yetakçisi Kim Çen Inning yadroviy sinovlarni töxtatiş haqidagi qarori yarim orol yadrosizlanişiga turtki beradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Xitoyning fikriça, KXDR tegişli qarori Koreya yarim orolidagi vaziyat yumşaşi va yadrosizlaniş jarayonining ilgari surilişiga turtki beradi», - deya ma'lum qildi Lu Kan.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, Xitoy yarim oroldagi vaziyatga yeçim topiş jarayonida faol örin tutiş niyatida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini töxtatayotgani, şuningdek yadroviy sinov maydonçasini yopayotgani haqida ma'lum qildi. AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Kim Çen Inning bayonotiga munosabat bildirdi.