AQŞning yangi davlat kotibi Mayk Pompeo 26-30 aprel kunlari AQŞ diplomatiyasi rahbari sifatida birinçi taşriflarini Belgiya, Saudiya Arabistoni, Isroil va Iordaniyaga uyuştiradi.

“AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Bryussel, Er-Riyod, Al-Quds va Ammanga jönaydi. Davlat kotibi yangi lavozimidagi ilk rasmiy safari vaqtida muhim ittifoqdoşlar va hamkorlar bilan uçraşuvni sabrsizlik bilan kutmoqda”, deb aytilgan davlat departamenti rasmiy vakili Xezer Nauert xabarida. 

Nauertning aytişiça, Pompeo Bryusselga 27 aprelda taşrif buyuradi va u yerda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan uçraşadi va NATO davlatlari taşqi işlar vazirlari yiğilişida iştirok etadi. Bu yiğiliş davomida tomonlar NATO davlatlari rahbarlarining iyuldagi uçraşuviga tayyorgarlikni muhokama qilişadi.  

“Söngra Pompeo Yaqin Şarqqa taşrif buyurib, Saudiya Arabistoni, Isroil va Iordaniya yetakçilari bilan muhim hududiy va ikki tomonlama masalalarni muhokama qiliş uçun uçraşadi”, deb aytgan Nauert.