Al Arabia telekanali Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuçlarining Yaman oliy siyosiy kengaşi rahbari va “Ansor Alloh” harakati yetakçisi Saloh as-Samadning avtomobiliga zarba berişi videosini e'lon qildi.   

Videoda uçta raketa bilan zarba berilganini köriş mumkin. Birinçi raketa oldinda ketayotgan avtomobilga tekkan, şundan keyin ikkinçi maşina töxtab, undan odamlar çiqqan. Söngra köçadagi odamlarga va ikkinçi maşinaga zarbalar berilgan. 

As-Samadning halok bölgani 23 aprelda ma'lum böldi. “Ansor Alloh”ning diniy yetakçisi, Yamanning şimoliy qismini nazorat qiluvçi Abdulmalik al-Husiy as-Samadning ölimiga aloqadorlarni jazolaşga va'da bergan. U bu hujum uçun javobgarlikni AQŞ va Saudiya Arabistoni zimmasiga yuklagan.  

As-Samad oliy siyosiy kengaş raisi lavozimini 2016 yil avgustdan beri egallab kelgandi va öşandan beri deyarli Yamanni boşqarib kelgan. Aprel boşida u Saudiya Arabistoniga “bir yil davom etuvçi ballistik raketalar hujumlarini” va'da qilgandi.