Özbekiston Respublikasi prezidenti “Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA'da e'lon qilindi.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengaşning yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi huzuridagi Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Belgilanişiça:
a) quyidagilar Jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari hisoblanadi:
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasidan va Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasidan tegişliça 350 milliard söm hamda 150 milliard söm miqdorida ajratiladigan bir martalik beğaraz moliyaviy yordam;
auksion savdolarida fuqarolarga yer uçastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqini sotişdan tuşadigan tuşumning 10 foizi;
Jamğarmaga yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat taşkilotlari va boşqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamğarmaning daromadlari, şu jumladan, mablağlarni depozit hisobraqamlariga joylaştirişdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar;
b) Jamğarma mablağlari quyidagilar uçun foydalaniladi:
fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, şu jumladan, 1 yilgaça imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar beriş uçun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Özbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylaştiriş;
tijorat banklari orqali Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalaş stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MÇJ, qişloq xöjaligi sohasidagi boşqa işlab çiqariş, qayta işlaş, tayyorlaş, ta'minlaş, savdo taşkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, qişloq xöjaligi texnikalari va transportlarini sotib oliş, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini quriş uçun materiallar va butlovçi qismlar xarid qilişga kreditlar beriş;
Jamğarmani saqlab turiş va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta'minlaş;
aylanma mablağlarga muhtoj bölgan “Tomorqa xizmati” MÇJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bölmagan miqdorda şakllantiriş;
fermer, dehqon xöjaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirişga investitsiyalarni jalb qiliş hamda innovatsion loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq boşqa yönalişlar;
v) Jamğarma mablağlari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşlari bilan kelişilgan holda beriladi;
g) mablağlarni tijorat banklariga joylaştiriş hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigaça miqdordagi Jamğarma daromadlari Kengaşni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan ta'minlaş, şuningdek, uning xodimlarini moddiy rağbatlantiriş uçun yönaltiriladi.
“Özbekoziqovqatzaxira” uyuşmasi, “Özbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan mazkur qarorga muvofiq ajratilgan kredit mablağlari hisobiga yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining bozor narxlari böyiça xarid qilinişini ta'minlaydi.
Belgilanişiça, dehqon xöjaliklari, tomorqa yer egalari va “Tomorqa xizmati” MÇJlar özlarining qişloq xöjaligi mahsulotlarini boşqa şaxslarga ham sotiş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamğarmaning Vasiylik kengaşi, Nizomi hamda 25 ştat birlikdan, şu jumladan, 7 ta birlik markaziy apparatda, 18 ta birlik Jamğarmaning hududiy vakillaridan iborat bölgan Jamğarma ijro etuvçi apparati tuzilmasini tasdiqlaydi.
Jamğarma Vasiylik kengaşi har çorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamğarma mablağlarini şakllantiriş hamda ulardan foydalaniş töğrisida hisobotlar taqdim etib boradi.
Quyidagilar:
Jamğarma barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalardan;
“Tomorqa xizmati” MÇJlar davlat röyxatidan ötgan kundan boşlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalardan;
Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan va uning hududiga çetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş uçun jihozlar, qişloq xöjaligi texnikasi hamda qişloq xöjaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan röyxat böyiça 2021 yil 1 yanvarga qadar bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun tölovlardan taşqari);
“Tomorqa xizmati” MÇJ yoki fermer xöjaliklari bilan tuzilgan kasanaçilik şartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari – jismoniy şaxslar ularning kasanaçilik faoliyati doirasida jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği hamda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasiga majburiy ajratmalardan ozod qilindi.
Belgilanişiça, 2018 yil 1 iyuldan:
dehqon xöjaligi va 4 sotixdan kam bölmagan tomorqa yerida band bölgan yoki uşbu uçastkada qoramol yoxud 50 boşdan kam bölmagan parranda parvarişlayotgan jismoniy şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasiga yiliga eng kam oylik iş haqining bir barobari miqdorida suğurta badali tölangan taqdirda, suğurta badali tölangan yil mehnat stajiga kiritiladi;
Kengaş tizimida işlaydigan pensionerlarga pensiyalar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasi mablağlari hisobidan töliq tölanadi;
fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölov 5 foiz miqdorida tölanadi.
Quyidagilar Özbekiston Respublikasi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlaridan foydalanişning qöşimça yönalişlari deb hisoblanadi:
yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş, uruğliklar, köçatlar va suğoriş vositalari xarid qiliş uçun “Tomorqa xizmati” MÇJ, aholi bandligiga kömaklaşiş markazi hamda tomorqa yer egalari örtasida tuzilgan uç tomonlama şartnomalar asosida eng kam oylik iş haqining 3 barobaridan 10 barobarigaça bölgan miqdorda subsidiyalar beriş;
kasb-hunarga öqitiş markazlari, kollejlar va oliy öquv yurtlarida
kasb-hunarga tayyorlaş, agrotexnologiya, boğdorçilik, sabzavotçilik, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik hamda asalariçilik sohasida fermer va dehqon xöjaliklarining rahbarlari va işçilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş uçun grantlar ajratiş.












