Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi davlat pensiya tizimini isloh qiliş konsepsiyasini işlab çiqdi.
U, xususan, quyidagilarni nazarda tutadi:
xodimning pensiyasi va mehnat stajidagi tafovut rağbatlantiriladi: 35 yildan ortiq staj bölsa, örtaça oylikdan 2 foiz köproq pensiya olinadi;
54 yoşida pensiyaga çiqiş huquqiga ega bölgan, lekin umumiy örnatilgan yoşdan keyin pensiyani rasmiylaştirgan ayollar uçun pensiyaga ustama tölaş;
qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam iş haqining 8 baravaridan 12 baravarigaça miqdordagi pensiyani hisoblab çiqariş uçun qabul qilinadigan örtaça oylik iş haqi miqdorini oşiriş;
pensiya yoşiga tölgan, biroq zarur mehnat stajiga ega bölmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblaşda stajning har bir yetişmayotgan oyi uçun Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari summasini bir martalik tartibda tölaş huquqini beriş;
işlayotgan er (xotin)ga öz xotini (eri) uçun ixtiyoriy ravişda Pensiya jamğarmasiga suğurta badalini ötkaziş huquqini beriş;
yoşga doir pensiya tayinlaş uçun talab etiladigan eng kam stajni oşiriş. Hozirda bu 7 yil;
pensiya yoşini dunyodagi örtaça darajaga va boşqa ölçovlarga yetkaziş uçun bosqiçma-bosqiç oşiriş.











