25 sentabr kuni Pensiya taʼminoti tizimini takomillaştiriş böyiça taklif etilayotgan islohotlarga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi mutasaddilari iştirok etdi. 

Tadbirda Kun.uz muxbiri pensiya islohoti böyiça jamoatçilik muhokamasining qisqa muddatga belgilanganiga, loyiha yuzasidan bildirilayotgan qarşi fikrlar hamda pensiyani hisoblaşda iş haqining 20 yillik davrini inobatga oliş taklifiga oid savollar berdi. 

Loyiha nega kamida 15 kun muhokamada böladi? 

Pensiya islohoti loyihasi 15 sentabr kuni jamoatçilik muhokamasiga joylaştirilgan. Muhokama 30 sentabrda yakunlanişi belgilangan. 

Savol-javob davomida loyihaning jamoatçilik muhokamasida nega aynan 15 kun turişi, pensiya tizimidagi özgarişlar millionlab fuqarolarning manfaatlariga daxldor ekani sababli muhokama muddatini uzaytiriş mumkin yoki mumkin emasligi söraldi. 

Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasining Normativ bazani takomillaştiriş bölimi boşliği Nozimjon Jörayevning aytişiça, qonunçilik loyihalarni jamoatçilik muhokamasida kamida 15 kun saqlaşni belgilaydi. Şu bilan birga, loyiha 15 kundan köproq vaqt muhokamada turişiga ham çeklov yöq. 

“Özbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlar töğrisidagi qonuniga asosan, loyiha jamoatçilik muhokamasida kamida 15 kun turişi belgilangan. Şuning uçun hozir 15 kun turadi, deb aytilyapti. Lekin bu loyiha 15 kundan ortiq vaqt ham turişi mumkin. Fikr-mulohazalarni köproq jamlaş maqsadida muhokama muddatini uzaytiriş mumkin, bunga çeklov yöq. Biz hozir qonunçilikda belgilangan eng qisqa muddatni nazarda tutyapmiz”, - dedi Nozimjon Jörayev. 

Qarşi fikrlar ham loyiha taqdiriga taʼsir qilişi mumkin 

Jamoatçilik muhokamasi davomida loyiha yuzasidan 1700 dan ortiq fikr bildirilgani, ularning salmoqli qismi pensiya yoşini oşirişga qarşi ekaniga eʼtibor qaratildi. 

Mutasaddidan fuqarolarning, xususan, pensiya yoşini oşirmaslik böyiça bildirayotgan takliflari yakuniy hujjatda inobatga olinadimi, deb söraldi.