DW xabariga köra, Grinkeviç konsepsiyani 12-oktabr kuni Varşavadagi xavfsizlik konferensiyasida taniştirgan.
Unda ehtimoliy tajovuzkorga qarşi harakatlar uç bosqiçga ajratilgan: hujumni töxtatiş - Block, hujum surʼatini sindirib, olğa siljişga yöl qöymaslik - Blunt va zarurat tuğilsa, hujum qilayotgan qöşinlar hamda ularni taʼminlovçi va boşqaruvçi harbiy tizimni tor-mor etiş - Break.
Grinkeviçning tuşuntirişiça, razvedka maʼlumotlari, kuzatuv tizimlari va tahlil orqali hujumga tayyorgarlik belgilari oldindan aniqlanişi lozim. Bu ehtimoliy raqib niyatini baholaş va NATO kuçlarini öz vaqtida joylaştiriş imkonini beradi. Maqsad - alyansning kutilmagan hujum qarşisida qolişiga yöl qöymaslik.
Hujum sodir bölsa, dastlabki bosqiçda asosiy vazifa oldingi mudofaa çiziqlaridagi quruqlik qöşinlariga yuklatiladi. Ular hujumni töxtatişi, raqib bölinmalarining harakatini çeklaşi va ularni yöq qilişi kerak.
Ayni vaqtda aviatsiya va harbiy-dengiz kuçlari kosmik hamda kiber vositalar kömagida havo va dengizda ustunlikni imkon qadar tez taʼminlaşi közda tutilgan.
Hujumlar davom etsa, turli yönalişlardagi muvofiqlaştirilgan harakatlar, yuqori texnologiyali sensorlar va avtonom qurol tizimlari orqali raqibning keyingi siljişi töxtatilişi, taşabbus esa NATO qöliga ötişi rejalaştirilgan.
Agar raqib şundan keyin ham hujumni davom ettirsa yoki qöşimça kuçlarni jalb qilsa, uning harbiy tizimini işdan çiqariş bosqiçiga ötiladi. Bunda taʼminot yöllarini izdan çiqariş, boşqaruv tizimlarini yöq qiliş va hujumçi bölinmalarni jang olib boriş qobiliyatidan mahrum etiş nazarda tutilgan.
Grinkeviç NATOning maqsadi raqib davlatni strategik mağlubiyatga uçratiş emas, balki alyans mamlakatlariga hujum qilayotgan kuçlarni harbiy jihatdan mağlub etiş ekanini taʼkidlagan.
Boş qömondon taxminan 15 daqiqalik nutqida Rossiya nomini biror marta oçiq tilga olmagan. Biroq DW qayd etişiça, konsepsiya, avvalo, Moskva tomonidan ehtimoliy tahdidni hisobga olgan holda işlab çiqilgan.
«Men mojaroni muqarrar yoki eng yaqin vaqtda boşlanişi mumkin deb hisoblamayman. Bunday emas», - degan Grinkeviç.
Uning sözlariga köra, jangovar şaylik faqat eng ehtimoliy ssenariylarga emas, balki umuman yuz berişi mumkin bölgan holatlarga ham tayyor turişni talab qiladi.












