Toşkent viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan poraxörlik holati foş etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlariga Bekobod şahrida yaşovçi M.A. murojaat qilib, şahar tibbiyot birlaşmasi mansabdor şaxslari uning qizi F.S.ni mazkur tibbiyot muassasasiga sanitar vazifasiga işga joylaştiriş evaziga pora talab qilayotganligini bildirgan.

Ariza asosida ötkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida Bekobod şahar tibbiyot birlaşmasi bölim boşliği Yo.Yu. M.A.dan 100 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, sud tomonidan Yo.Yu.ga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.