Mazkur imtiyoz Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarorida belgilangan.
Unga köra, tegişli toifadagi xodimlarning respublika oliy taʼlim taşkilotlari bakalavriat bosqiçida tahsil olayotgan farzandlari uçun yillik tölov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi.
Bunda subsidiyaning eng yuqori miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan oşmasligi kerak. Yaʼni kontraktning 30 foizi uşbu çegaradan yuqori bölsa, tölov belgilangan limit doirasida amalga oşiriladi.
Xabarga köra, ariza topşirgan va murojaati tasdiqlangan xodimlarning farzandlari öqiyotgan oliygohlarga mablağlar kelib tuşa boşlagan.

















