Qayd etilişiça, keyingi yillarda “Yangi Özbekistonga – yangi va zamonaviy tibbiyot” degan ğoya asosida amalga oşirilayotgan islohotlar tufayli sohaga ajratilayotgan mablağlar hajmi 7 barobar köpaytirilib, joriy yilda 49 trillion sömga yetkazildi. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanib, ularning faoliyatiga eng zamonaviy diagnostika va davolaş texnologiyalari, innovatsion yondaşuvlar keng tatbiq qilinmoqda.

Joylarda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatiş böyiça yangi model bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda.

“Infarkt va insultga qarşi kuraşiş, onkologik va gematologik kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş, palliativ yordamni rivojlantiriş borasida ilk bor öz milliy tizimimiz barpo etilgani ham diqqatga sazovordir.

Poliklinika va şifoxonalar, xususiy klinika va dorixonalarni yagona raqamli tizimga birlaştirganimiz, DMED elektron axborot tarmoği orqali 38 milliondan ziyod aholining tibbiy kartasi yaratilgani, “Elektron poliklinika”, “Elektron şifoxona”, “Elektron retsept” tarmoqlari yölga qöyilayotgani xizmat körsatiş sifati va samarasini tubdan oşirmoqda. Endi, sunʼiy intellektni şifokor va hamşiralarga xizmat qiladigan kömakçiga aylantirib, bu tizim imkoniyatlarini yanada kuçaytiramiz.

Davlat tibbiy suğurtasi doirasida “Mablağ bemor ortidan boradi” tamoyili joriy etilgani, moliyalaştirişda yangi mexanizmlar şakllangani, reimbursatsiya dasturi asosida aholiga bepul beriladigan dori vositalari kölami kengaytirilgani ham muhim özgarişlar qatoriga kiradi. Şu yil oxirigaça barça hududlarda suğurta mexanizmlarini töliq yölga qöyib, aholini kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olişni reja qilganmiz”, deyiladi tabrikda.

Taʼkidlanişiça, asosiy maqsad – qayerda yaşaşi va ijtimoiy holatidan qatʼi nazar, har bir inson vaqtida sifatli va malakali tibbiy yordam oliş imkoniga ega bölişiga erişişdan iborat.

“Taʼlim va ilm-fan rivojiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli 2017-yildan buyon tibbiyot oliygohlariga qabul kvotasi 4,5 karra köpaydi. Ularning 40 ta taʼlim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan ötkazildi. Ilgari bu oliygohlarga 4 ta davlatdan talabalar kelib öqigan bölsa, hozir bu raqam 41 taga yetdi, çet ellik talabalar soni esa 15 ming nafardan oşdi.

Kelgusi yildan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat röyxatidan ötkaziş tizimi yölga qöyiladi. 2027–2028 öquv yilidan boşlab tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş töliq rezidentura dasturlari orqali amalga oşiriladi.