Qarşi aeroporti milliy aviakompaniya tarkibidan çiqarilib, çet el aeroportlari operatoriga berilişi rejalaştirilmoqda. 30 aprel kuni Toşkent şahridagi Wyndham mehmonxonasida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va PR-markazi taşabbusi bilan Turkiya ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sarmoyaçilar uçun Özbekistonning turistik salohiyati taqdimotida şu haqida ma'lum qilindi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi. 

Tadbirni Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Şohrux Şoraxmetov kiriş sözi bilan oçib, bugunga qadar turizmni rivojlantiriş yölida amalga oşirilgan işlar haqida ma'lumot berdi hamda Qarşi aeroporti bilan boğliq yangi loyihaga töxtalib ötdi. 

"Xabaringiz bor, bizning aeroportlar milliy aviakompaniyamizga qaraşli. Ayni damda biz yangi loyihani amalga oşirmoqdamiz va Qarşi aeroportini milliy aviakompaniyadan çiqarib, çet el aeroportlari operatoriga bermoqçimiz. Şuning uçun agar turkiyalik sarmoyaçilar va aeroportlarni boşqaruvçi kompaniyalarda bunga qiziqiş bölsa, biz ular bilan işlaşga tayyormiz", - dedi Ş.Şoraxmetov. 

Şuningdek qömita raisi örinbosari MAK parvozlarni amalga oşiradigan şaharlar sonini 40 tadan 70-80 tagaça yetkaziş rejasi borligini ma'lum qildi. Şu örinda u hozirda turkiyalik aviakompaniyalar uşbu aeroportga katta qiziqiş bildirayotganini ta'kidladi. 

"Özbekiston havo yöllari" MAK 2017 yilda 2 mln 600 ming yölovçini taşigan, biz esa bu raqamlarni bir neça baravarga köpaytirmoqçimiz, şuning uçun çet el  aviakompaniyalariga şart-şaroitlar yaratmoqdamiz", - qöşimça qildi u.