AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, jurnalistlar sönggi vaqtlarda juda katta miqdorda işonçsiz yangiliklarni çiqarmoqda. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Feyk Nyuz aqldan ozdi va faqat nomi oşkor etilmagan manbalardan foydalangan holda yangiliklarni çiqarmoqda. Ular butunlay taslim böliş yoqasida. Prezident ma'muriyatining juda katta muvaffaqiyati şundaki, biz ularga hattoki özlari ham işonmaydigan narsalarni gapiriş va qilişga majburladik. Haqiqatdan ham yomon odamlar!», - deya yozgan Tramp.
Boşqa bir tvitda esa u Oq uyning işini ijobiy baholab, bu «jodugarlarga soxta ovga» qaramay yuz berganini aytdi.












