AQŞ boş prokurorining birinçi örinbosari Rod Rozenstayn sözlariga köra, unga ham şaxsan, ham köpçilikning oldida tahdid qilişgan. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

«Men sizlarga şuni aytişim mumkinki, menga ham şaxsan, ham köpçilikning oldida tahdid qilgan odamlar bor. Mening öylaşimça, ular şu orqali AQŞ Adliya vazirligini şantaj qilişning imkoni yöqligini tuşunişlari kerak», - deya aytib ötdi Rozenstayn.

Bunday reaksiya, katta ehtimol bilan, Rozenstaynga impiçment bilan tahdid qilayotgan ba'zi respublikaçi siyosatçilar bayonotidan söng paydo böldi.

Boş prokuror örinbosari Rossiyaning 2016 yilda AQŞdagi prezidentlik saylovlariga aralaşuvi böyiça iş yuzasidan suriştiruvni nazorat qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning 2016 yilda AQŞdagi prezidentlik saylovlariga aralaşuvini suriştiruvdan ötkazayotgan maxsus prokuror Robert Myuller Donald Trampni sudga çaqirtiriş bilan tahdid qilgandi.