AQŞ prezidenti Donald Tramp 2016 yildagi saylovoldi kampaniyasi davomida soğliği ajoyib holatda ekanligi haqidagi ma'lumotnomani şaxsan özi aytib yozdirgan. Bu haqda Trampning öşa vaqtdagi şifokori Xarold Bornsteyn ma'lum qildi.
“U bu ma'lumotnomani özi aytib yozdirgan. Men uni yozmaganman. Men barçasini yöl-yölakay öylab topganman”, deb iqror bölgan Bornsteyn CNN telekanaliga.
Trampning soğliği haqidagi ikki varaqlik ma'lumotnoma haddan taşqari optimistikligi sababli öz vaqtida mazaxlarga sabab bölgandi. Ma'lumotnoma Bornsteyn tomonidan imzolangan bölgan. Unda Tramp “juda kuçli va bardoşli” ekani va “qaçondir AQŞ prezidenti etib saylanganlar içida eng soğlomi” bölişi aytilgan.
Bornsteyn Trampning tansoqçisi keyinroq uning ofisini tunab, undan Trampning soğliği haqidagi hujjatlarni tortib olganini ham ma'lum qildi. Biroq AQŞ prezidentining matbuot kotibi Sara Sanders 1 maydagi brifingda Oq uy bu hujjatlarni belgilangan tartibda olganini ma'lum qilgan.












